Menejeringiz uxlaydi. Mijoz esa yozyapti.

Lidra Telegramda kechayu kunduz javob beradi, ovoz va rasmni tushunadi, e’tiroz bilan ishlaydi va issiq mijozni menejerga uzatadi.

Karta so’ralmaydi. 3 kun agent birinchi mijozga javob bergan kundan sanaladi.

631 000
ta real mijoz xabari tahlil qilingan
3
til: o’zbek, rus, ingliz
02:47
Lidra paneli, bosh sahifa: sutkalik 47 suhbat, 12 issiq lid, 7 kunlik grafik va agent kechasi qilgan ishlar ro’yxati
Ofis yopiq paytda
19

ta suhbat Lidra o’tkazdi. 6 tasi issiq.

Yo’nalishlar bo’yicha ishlaydi
UmraTurkiyaMisrDubayAviabiletVizaGruziyaTailand
Muammo
34%

kechasi kelgan murojaat ertalabgacha boshqa agentlikka ketadi.

  1. 21:40Umra narxi so’raldi
  2. 23:12Turkiya, 2 kishi
  3. 01:05Ovozli xabar
  4. 02:47Raqobatchi narxi tashlandi
  5. 04:30Viza haqida savol
  6. 08:00Menejer keldi. Ikkitasi allaqachon boshqa joydan olgan.

Mijoz bir vaqtda 3-5 ta agentlikka yozadi

Yaxshi narx taklif qilgan emas, birinchi javob bergan sotadi. Murojaat mana shu yerlarda yo’qoladi:

Kechasi va dam olish kunlari34%
Menejer boshqa mijoz bilan band23%
Hech kim qayta yozmagan18%
Takroriy savoldan charchoq14%
E’tirozga javob berilmagan11%

Murojaat — kelgan har qanday xabar. Lid — gaplashib bo’lingan murojaat: yo’nalish, sana va tarkib ma’lum. Quyida shu ma’noda ishlatiladi.

631 000 ta real mijoz xabari tahlili asosidagi baho.

Nima qiladi

Mijoz siz bilan yozishayotgandek suhbatlashadi

Lidra sizning botingizdan, sizning ohangingizda, sizning narxlaringiz bilan yozadi. «Men botman» degan gap yo’q.

Hammasi bitta ulanishda keladi, qo’shimcha modul sotib olinmaydi.

Har bir javob panelda saqlanadi, xohlagan paytingizda o’qiysiz.

Ovoz va rasmni tushunadi

Mijoz ovozli xabar yuborsa ham, boshqa joyning narx skrinshotini tashlasa ham o’qiydi.

Sizning ohangingizda yozadi

Mijoz qaysi tilda yozsa, o’sha tilda javob beradi. «Men botman» degan gap yo’q.

E’tiroz bilan ishlaydi

«Qimmat», «o’ylab ko’raman», «boshqa joyda arzonroq» — javobi tayyor.

Issiq lidni menejerga uzatadi

Xulosa bilan: kim, qayerga, qachon, nechta kishi va nimada to’xtagani.

CRM’ingizga o’zi yozadi rejada

API kalitni bir marta qo’yasiz. Lid o’zi tushadi, mijoz tarixi o’zi tortiladi.

amoCRMBitrix24

Kanalga kunlik post rejada

Mavzuni mijoz savollaridan oladi. Chiqishidan oldin siz ko’rasiz. Tayyor haftalik reja →

Bir kunda ulanadi

BotFather tokeni, 10 daqiqa. Karta ma’lumoti so’ralmaydi.

Narxni kafolatlamaydi

«Hozir topilgan variant» deb aytadi. Yakuniy bronni menejer tasdiqlaydi.

Panelda hammasi ko’rinadi

Nechta lid, o’rtacha javob vaqti, mijoz qaysi soatda yozadi.

To’qqizta ekranning hammasi, jonli →

Jonli yozishmalar

Uchta tungi vaziyat

Vaziyatni tanlang yoki pastga suring — telefondagi yozishma o’zgaradi. Hammasi mijoz ko’rgani kabi.

Dilshod 02:47
Sharmga 2 kishiga narx qancha?
Assalomu alaykum! Avgustning qaysi kunlari uchun ko’ray?
15-22 avgust

Uchala vaziyat ham pilot agentlikning real tungi suhbatlaridan olingan. Ismlar o’zgartirilgan, narxlar yaxlitlangan.

2,4 skechasi o’rtacha javob 3til: uz, ru, en
Menejerga

Menejeringiz ertalab nima ko’radi

Kechqurun ish tugaydi. Kechasi Lidra gaplashadi. Ertalab menejer bo’sh chat emas, tayyor ro’yxat ochadi.

Har qatorda: kim yozgan, qayerga, nechta kishi, qaysi sanalarga va suhbat nimada to’xtagani.

Lidra menejerdan olib qo’yadi

  • Takroriy savollar: «narxi qancha», «nima kiradi»
  • Tungi navbat va dam olish kunlari
  • Birinchi sovuq muloqot

Menejerda qoladi

  • Bron va hujjat
  • Mijoz bilan munosabat
  • Bitimni yopish

Lidra menejerni qisqartirmaydi. U menejerning eng ko’p vaqtini yeydigan va eng kam pul keltiradigan ishni olib qo’yadi.

Narxlar

CRM bilan emas, ikkinchi menejer bilan solishtiring

Yangi menejer oyiga 3,5-5,5 mln so’m turadi va 8 soat ishlaydi. Lidra 24 soat ishlaydi — va menejeringizni almashtirmaydi, unga tayyor lid beradi.

Ulash - bir martalik to’lov: 990 000 so’m (Sotuvchi, Kanal), 1 990 000 so’m (Platforma). Dastlabki 3 kun bepul.

Limit tugaganda agent javob berishni to’xtatadi — xabarlar chatga kelaveradi, javobni odam yozadi. Limit 500 javob uchun 100 000 so’m bilan kengaytiriladi.

Yillik to’lovda 15% chegirma. Shartnoma oylik, bog’lab qo’yilmaydi.

Shundan boshlanadi

Lidra Sotuvchi

690 000 so’m/oy

$57

+ ulash 990 000 so’m, bir marta

  • 1 bot, oyiga 1 000 AI javob
  • Ovoz va rasmni tushunadi
  • Narxni sizning prays-listingizdan oladi
  • CRM’ga lid yuboradi rejada
  • Lidlar paneli
Sinab ko’rish — 3 kun bepul

Lidra Kanal

1 490 000 so’m/oy

$124

+ ulash 990 000 so’m, bir marta

  • Sotuvchidagi hammasi
  • 3 xodim, oyiga 3 000 javob
  • Kanalingizga kuniga 1 post rejada
  • CRM’dan mijoz tarixini tortadi rejada
  • Qaysi post nechta lid bergani rejada
Sinab ko’rish — 3 kun bepul

Lidra Platforma

2 990 000 so’m/oy

$249

+ ulash 1 990 000 so’m, bir marta

  • Kanaldagi hammasi
  • 5 xodim, 2 bot, oyiga 10 000 javob
  • Sotuv nazorati va moliya hisoboti rejada
  • Xodimlar davomati rejada
  • Agentlik sayti va adminka rejada
Sinab ko’rish — 3 kun bepul

Hamma paketda sinov bir xil: agentning birinchi javobidan 3 kun. Paketni sinovdan keyin tanlaysiz. «Rejada» — ishlab chiqilayotgan imkoniyat, u ishga tushmaguncha uning uchun pul olinmaydi.

Odatda nima so’rashadi

Agentlik rahbarlari birinchi qo’ng’iroqdayoq so’raydigan beshta savol.

Har bir javob oferta shartlari va panel sozlamalari bo’yicha tekshirilgan.

Mijoz bu bot ekanini biladimi?
Lidra agentligingiz boti nomidan, sizning uslubingizda va sizning narxlaringiz bilan yozadi, o’zini AI deb tanishtirmaydi — suhbat menejeringiz javob berayotgandek ketadi. Ayni paytda bu Telegram boti, Telegram esa bot akkauntlarini o’zi belgilaydi: mijoz buni profilda ko’rishi mumkin. Biz teskarisini va’da qilmaymiz.
AI noto’g’ri narx aytsa nima bo’ladi?
Agent narxni kafolatlamaydi. U «hozir topilgan variant» deb aytadi, yakuniy bronni menejer tasdiqlaydi. Bu qoida tizimga qattiq yozilgan.
Bizda menejer bor, kerakmi?
Almashtirmaydi. Menejeringiz ertalab tayyor issiq lidlar ro’yxatini oladi, kechasi yozganlar bilan allaqachon gaplashilgan bo’ladi.
Ulanish qancha vaqt oladi?
Bir kun. BotFather tokenini olasiz, agentlik ma’lumotlarini kiritamiz va sinov suhbatini o’tkazamiz.
Ma’lumotlarimiz qayerda saqlanadi?
Har agentlikning ma’lumoti alohida ajratilgan. Bot tokeni va CRM kalitlari shifrlangan holda saqlanadi va loglarga tushmaydi.

Savolingiz shu yerda yo’qmi?

Telegramga yozing. Agentlarni sozlaydigan odamning o’zi javob beradi, o’rtada sotuv bo’limi yo’q. Ish vaqtida odatda 15 daqiqada.

Telegramga yozish

3 kun bepul, o’z mijozlaringizda

Ro’yxatdan o’tasiz, prays-listni kiritasiz, bot tokenini qo’yasiz — agent mijozlaringizga javob beradi. Yoqmasa, shunchaki to’lamaysiz. Qayta sinov berilmaydi.

Avval qanday javob berishini ko’rmoqchimisiz? Bizning sotuvchimizga mijoz bo’lib yozing.

3 kun bepul sinash